XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Xonqa tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mahallalar iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, 2026-yil 1-yanvardan yuridik va jismoniy shaxslar uchun belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, yer soligʻining amaldagi stavkalari 1,2 baravarga indeksatsiya qilinishi inobatga olinsin hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari keyingi yil uchun belgilangan mahalliy byudjet prognozi doirasidan kelib chiqqan holda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi.
Tumanda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ushbu qaror “Xonqa Hayoti” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
4. Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashining 2023 yil 27 dekabrdagi VII-5-018-12-175-K/24-sonli qarori 1, 2-ilovalari 2026 yil 1 yanvar kunidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi S.Raxmanov zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi DAVLATOV ULUGʻBEK JUMANIYOZOVICH
Xorazm viloyati, Xonqa tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-25-138-12-175-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.