Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-142-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(«Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»)
(«Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 17-dekabrda ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish davomida maromiga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasiga qaytarilgan «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-142-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida» degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qayta koʻrib chiqishga doir Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-fevral,
1724-V-son