19.03.2026 yildagi VII-29-40-12-174-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI HAZORASP TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yilda Hazorasp tumani hududida alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonunining 9-ilovasiga muvofiq 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari tasdiqlanganligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-387-son qarorining 2-band “v” kichik bandiga asosan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi hamda ushbu yigʻimlardan tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda tegishli tuman (shahar) budjetlariga yoʻnaltirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2026-yil uchun Hazorasp tumani hududida alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻim stavkalariga kiritiladigan oʻzgartirishlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hazorasp tumani hokimining birinchi oʻrinbosari J. Roʻzimov tuman davlat soliq inspeksiyasi (J. Allayrov) bilan birgalikda mazkur qarorning oʻz vaqtida va samarali ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari J. Usmonova “Hazoraspnoma” gazetasi hamda tuman hokimligi bosh yuriskonsulti B.Matyoqubov bilan hamkorlikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida, jumladan “Hazoraspnoma” gazetasida rasmiy eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya” raisi Q. Nazarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi QURYOZOV SUXROBBEK MATCHANOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Xazorasp tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-29-40-12-174-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.