XALQ DEPUTATLARI JIZZAX SHAHAR KENGASHINING
Qarori
2026-yilda Jizzax shahri boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
“2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 387-sonli qarori 2-bandi v-kichik bandida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2026-yil uchun Jizzax shahar hududida alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Jizzax shahar hokimining birinchi oʻrinbosari S. Haydarov, shahar Soliq inspeksiyasi (X. Umurov) mazkur qaror ijrosini oʻz vaqtida va samarali taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
4. Ushbu qaror “Jizzax ovozi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oydan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish, xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh. Azimov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi IMOMOV MUSAXON XXX
Jizzax viloyati, Jizzax sh.,
2026-yil 10-mart,
VII-18-57-3-55-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.