Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
buyrugʻi
5 — 11-sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2117-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-son “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010-yil 8-iyundagi 23 va 11/QQ-son qarori (roʻyxat raqami 2117, 2010-yil 25-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 26-27-son, 215-modda) bilan tasdiqlangan 5 — 11-sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) oʻquvchilarning bilimlari, koʻnikma va malakalarini baholashda haqqoniylik, ishonchlilik prinsiplariga hamda baholashning formativ va summativ usullariga rioya etilishini taʼminlash;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir E. KARIMOVA
Toshkent sh.,
2026-yil 16-mart,
31-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026 y., 10/26/2117-3/0259-son)