XALQ DEPUTATLARI GʻALLAOROL TUMANI KENGASHINING
Qarori
Gʻallaorol tumani boʻyicha 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalariga nisbatan oshiriluvchi koeffitsientlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-son “Mahalliy budjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori hamda Gʻallaorol tuman soliq inspeksiyasining taklifiga asosan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-sonli Qonuni 9-ilovasiga asosan 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkasi boshqa shaharlar (boshqa aholi punktlari) alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻim 300 000 soʻm, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻim 150 000 soʼm belgilanganligi;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-son qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan boshlab Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati beriladi hamda mazkur yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman (shahar)lar budjetlariga yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuman iqtisodiyot va moliya boʼlimi hamda Gʻallaorol tuman soliq inspeksiyasining hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining joriy yil uchun belgilangan mahalliy byudjet prognozidan kelib chiqib, tumanlar va shaharlar boʻyicha 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalariga nisbatan oshiriluvchi koeffitsientlarni qoʻllash boʻyicha bergan takliflari inobatga olinsin.
4. Gʻallaorol tumanida 2026-yil uchun mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalariga nisbatan oshiriluvchi koeffitsientlarni qoʻllash toʻgʻrisida 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Xalq deputatlari tuman Kengashi tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari hududiy soliq organiga taqdim etilishini taʼminlasin.
6. Gʻallaorol tuman soliq inspeksiyasi 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari asosida hisoblanishi va belgilangan tartibda undirilishini taʼminlasin.
7. Ushbu qaror “Gʻallaorol ovozi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Mazkur qaror qabul qilingan kundan uch oy oʻtib kuchga kiradi.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (O. Mamirov) hamda ijrosini taminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (A. Abdujalilov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi UMAROV SHAKARBEK XABIBOVICH
Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani,
2026-yil 14-mart,
VII-17-37-3-45-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.