XALQ DEPUTATLARI JIZZAX SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Jizzax shahrida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shahar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 387-sonli qarori 8-bandi a-kichik bandida 2026-yil 1-yanvardan boshlab obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuman (shahar)lar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatishga ruxsat beriladi. Bunda chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan Xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlariga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish vakolati berilganligi ijro uchun qabul qilinsin.
2. Jizzax shahar hokimligining 2026-yil 18-fevraldagi 01/02-65-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Jizzax shahrida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shahar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha belgilangan tariflar narxi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Jizzax shaharhokimining birinchi oʻrinbosari S. Haydarov, Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasi (A. Abduvahobov)larga mazkur qaror ijrosini oʻz vaqtida va samarali taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
5. Ushbu qaror “Jizzax ovozi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish, xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh. Azimov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi IMOMOV MUSAXON
Jizzax viloyati, Jizzax sh.,
2026-yil 16-mart,
VII-18-60-3-55-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.