XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
Yangiobod tumani boʻyicha 2026-yilda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori hamda Yangiobod tuman soliq inspeksiyasining taklifiga asosan tumanda 2026-yilda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 387-sonli qarorining 2-xatboshi “v”-bandiga muvofiq xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib Yangiobod tumani boʻyicha 2026-yil uchun alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman soliq inspeksiyasi (A. Suyunov)ga belgilangan tartibda yigʻimlarning toʻliq va oʻz vaqtida undirilishini taʼminlash;
tadbirkorlik subyektlariga mazkur qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish vazifasi yuklatilsin.
4. Yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman byudjetiga yoʻnaltirilsin.
5. Ushbu qaror rasman “Yangiobod ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari R. Abdugʻaniyev zimmasiga yuklansin.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi TILAKOV XOLBOYKUL ABDUGANIYEVICH
Jizzax viloyati, Yangiobod tumani,
2026-yil 11-mart,
VII-17-26-3-54-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.