XALQ DEPUTATLARI GʻALLAOROL TUMANI KENGASHINING
qarori
Gʻallaorol tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun belgilangan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini qayta koʼrib chiqish va tasdiqlash toʼgʻrisida
Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qoʼllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʼyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, qishloq xoʼjaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilib, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv — tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʼgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorning 7-bandiga muvofiq 2024-yildan boshlab:
har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʼyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqib, tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilangan.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv istʼemoli tartibi toʼgʻrisida”gi Nizomning 31-bandida “Suv olish limitlari: Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining prognozi asosida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari buyruqlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi” deb, 36-bandi 2-xatboshisida suv olish limitlari va ularni belgilash tartibiga “Manbalarda suv hajmi kamaygan yoki koʼpaygan xolatlarda suv olish limitlariga, yuqori vakolatli tashkilotning ruxsati bilan, suvdan foydalanish yoki suv istemoli rejasi parametrlariga oʼzgartirish kiritilmasdan, darxol oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin” ekanligi, 37-bandida “Suvdan foydalanish va suv istemol qilishning belgilangan davri tugagandan kegin ikki oy muddatda vakolatli tashkilotlar tomonidan, manbalardagi suvning haqiqiy miqdorini hisobga olingan holda, oʼtgan davr uchun suv olishning uzil kesil limitlari tasdiqlanadi” deb belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 30-oktabrdagi 187-son hamda “Sirdaryo-Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2025-yil 3-noyabrdagi 177-son bayoniga asosan, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 37-bandiga muvofiq tumanda 2025-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash maqsadga muvofiq boʻlmoqda.
Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori O.Gʻaniyevning axborotini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-martdagi 82-sonli qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.
2. Gʻallaorol tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori O. Gʻaniyevning axboroti, 2026-yil 7-yanvardagi 1/0-1-sonli maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuman hokimi oʻrinbosari (U. Umirzoqov) va tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM (O. Gʻaniyev)larga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
hududlarda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
tumandagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish yuzasidan muntazam ravishda uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazish hamda mazkur Farmon va qarorlar hamda undan kelib chiqadigan vazifalar, berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, ushbu exnologiyalarning samaradorligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarni berib borishni tizimli davom ettirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv limitlarining oʻzgarganligi boʻyicha isteʼmolchilarni oʻz vaqtida xabardor qilish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni bilan hisobotlarni taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining 2025-yil 30-apreldagi VII-12-153-3-45-K/25-sonli qarori oʼz kuchini yoʼqotgan deb hisoblansin va amaldagi oʻzgartirishga binoan qabul qilinsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining Аgrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi SH. UMAROV
Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani,
2026-yil 24-fevral,
VII-17-27-3-45-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.