Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Pochta aloqasi milliy operatori uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarining 1-ilovasi 4-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3061-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 5-iyuldagi 176-mh va 28-son qarori (roʻyxat raqami 3061, 2018-yil 28-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3061/1807-son) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi milliy operatori uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga 1-ilovaning 4-bandidagi “Doimiy yashash joyi va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi” degan soʻzlar “Yashash joyi va (yoki) turgan joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 24-fevral,
290-mh-son
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi J. XATAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-fevral,
7-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2026 y., 10/26/3061-6/0234-son)