XALQ DEPUTATLARI ZARBDOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yilda Zarbdor tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi PQ-387-sonli Qarori 2-xatboshi “v”-bandida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi hamda mazkur yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman (shahar)lar budjetlariga yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Zarbdor tumani hududida 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar stavkalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Q.Nurmatov, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (J.Nishonov), tuman Soliq inspeksiyasi (v.v.b. B.Murodov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. “Zarbdor” gazetasi (Gʻ.Xamzayev) hamda tuman hokimligi axborot xizmati (Oʻ.Sulaymanov)larga mazkur qarorni ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
(5-band Jizzax viloyati Xalq deputatlari Zarbdor tumani kengashining 2026-yil 4-maydagi VII-26-77-3-49-K/26-sonli qarori tahririda)
6. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Q.Nurmatov zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (T.Qodirov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ARALOV ANVAR MAMADALIYEVICH
Jizzax viloyati, Zarbdor tumani,
2026-yil 5-mart,
VII-23-33-3-49-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.