XALQ DEPUTATLARI ZAFAROBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
Zafarobod tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun belgilangan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʻrisidagi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19-martdagi “Suvdan foydalanish va suvdan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi 82-sonli qarori hamda Zafarobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DMning 2026-yil 24-yanvardagi 110-sonli xati asos uchun qabul qilinsin.
3. Zafarobod tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun belgilangan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun qayta ishlab chiqilgan suv limiti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining 2025-yil 6-maydagi VII-8-55-3-50-K/25-sonli qarorining ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati (B.Hamraqulov) ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan kiritilayotgan oʻzgartirishlarni manfaatdor tashkilot va muassasalarga yetkazilishini taʼminlasin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining “Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (H.Ismatov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ABDULLAYEV JASUR SAYFIDDINOVICH
Jizzax viloyati, Zafarobod tumani,
2026-yil 4-mart,
VII-19-19-3-50-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.