XALQ DEPUTATLARI QARSHI SHAHAR KENGASHINING
qarori
Qarshi shahridagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspert komissiyasining 2025-yil 07-noyabrdagi 05-19-19626-sonli yigʻilish bayoni va xulosasini koʻrib chiqib va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asoslanib, Xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi, Geofrafik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish ekspert komissiyasining 2025-yil 07-noyabrdagi 05-19-19626-sonli Ekspertiza xulosasi hamda shahar hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi J. Poʻlatovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 07-noyabrdagi 05-19-19626-sonli yigʻilish bayoni va Davlat ekspertizasi xulosasiga asosan shahardagi jami 3 ta geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha berilgan ekspertiza xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq deb hisoblanganligi inobatga olinsin hamda koʻchalarning nomlari mahallalar kesimida 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shahar hokimligi axborot xizmati (U. Jabborov), shahar hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi J. Poʻlatovning bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablari asosida ushbu olib borilgan ishlarni ommaviy axborot vositasi hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (E. Xasanova) hamda shahar hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi (J. Poʻlatovning)lar zimmasiga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi M. XALIMOV
Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh.,
2026-yil 5-fevral,
VII-17-8-4-69-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.