XALQ DEPUTATLARI SHAHRISABZ SHAHAR KENGASHINING
qarori
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-19-140-4-209-K/25-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Shahrisabz shahar soliq inspeksiyasining P-08356-son xatini inobatga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-19-140-4-209-K/25-son qarorining 7-bandi 6-xatboshidan keyin quyidagilar bilan toʻldirilsin:
“Shahrisabz shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlari boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar uchun belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 13-ilova;
2026-yil uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 14-ilova;
Shahrisabz shahri boʻyicha 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 15-ilova sifatida kiritilsin”.
2. Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-19-140-4-209-K/25-son qarorining 19-bandi quyidagi tahrirda oʻqilsin.
“Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-04-019-4-209-K/24-son hamda 2025-yil 17-yanvardagi VII-05-4-4-209-K/25-son qarorlari 2026-yil 1-yanvar kunidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin”.
3. Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-19-140-4-209-K/25-sonli qarorining qolgan bandlari oʻzgarishsiz qoldirilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari A. Uzoqov va xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi J. Karimov zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi N. UZAKOV
Shahrisabz sh.,
2026-yil 7-yanvar,
VII-19-2-4-209-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.