XALQ DEPUTATLARI YAKKABOGʼ TUMANI KENGASHINING
qarori
Yakkabog` tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning 2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorini belgilash toʻgʻrisida
O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, tuman soliq inspeksiyasining 2025 yil 19-dekabrdagi 27-11934-sonli xatlari, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-20-218-4-0-K/25-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi soliq kodeksining 445-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24- moddalariga asosan, хalq deputatlari Yakkabogʼ tuman Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xati, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-20-218-4-0-K/25-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Yakkabogʼ tumani bo`yicha 2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi A. Joʻrayev hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi L. Xudoyqulov zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi A. GʻIYOSOV
Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani,
2026-yil 8-yanvar,
VII-18-3-4-68-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.