XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-14-85-6-91-K/25-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi, qaror qiladi:
1. Namangan shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 12-yanvardagi 01/02-38-/12 -son xati inobatga olinsin.
2. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-14-85-6-91-K/25-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining “Namangan viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 29-dekabrdagi VII-17-165-6-0-K/25-son qaroriga muvofiq Namangan shahar budjetining 2026-yilgi daromadlari 369 861 272 ming soʻm, umumiy xarajatlari esa 369 861 272 ming soʻm, shundan Namangan shahar 178 300 262 ming soʻm, Davlatobod tumani 108 266 656 ming soʻm va Yangi Namangan tumani 83 294 354 ming soʻm, shuningdek 2026-yil uchun shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 964 135 ming soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.”.
3. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-14-85-6-91-K/25-son qarori 2-ilovasi mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq yangi tahrirda tasdiqlansin.
4. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-14-85-6-91-K/25-son qarori 3-ilovasi mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq yangi tahrirda tasdiqlansin.
5. Mazkur qaror Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-14-85-6-91-K/25-son qarori bilan birga saqlansin.
6. Ushbu qaror ijrosini taʻminlash shahar hokimining birinchi oʻrinbosari D. Umurzakovga va qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisiga yuklansin.
Kengash raisi ISAKOV RUSTAM RAXMANOVICH
Namangan viloyati, Namangan sh.,
2026-yil 25-fevral,
VII-17-21-6-91-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.