XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yilda Arnasoy tumani boʻyicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “Aholining alohida turdagi isteʼmol mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini kafolatli taʼminlashga hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-269-sonli farmoni hamda 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 387-sonli qarorining 2-xatboshi “v”-bandiga muvofiq xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2026-yil uchun Arnasoy tumani hududida “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Z. Ismatov, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi N. Otaqulov bilan birgalikda mazkur qarorning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Qaror rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror “Аrnasoy tongi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi I. Avalboyev zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi BAYANASOV BOBIR OCHILOVICH
Jizzax viloyati, Arnasoy tumani,
2026-yil 2-mart,
VII-16-29-3-43-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.