20.02.2026 yildagi 60-2-36-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUXORO VILOYATI KOGON TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Kogon tumani mahalliy budjetining 2025-yil daromadlar va xarajatlar rejasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 147-moddasi hamda Xalq Deputatlari viloyat Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi VII-22-6-2-0-/26-sonli qaroriga asosan viloyat, shaharlar va tumanlar mahalliy budjetlarining 2025-yil daromadlari va xarajatlari rejasiga kiritilgan tegishli oʻzgartirishlar tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tegishli mahalliy budjet daromadlarining har chorak yakuni bilan prognoz ijrosi hamda budjet tashkilotlarining soʻroviga asosan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, kommunal xizmat va saqlash bilan bogʻliq kutilmagan xarajatlarni oʻz vaqtida amalga oshirish va kreditor qarzdorliklarni oldini olish maqsadida oʻzgartirishlar kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Budjet kodeksining 148-moddasida belgilangan vakolatlarga asosan hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilariga Kogon tumani mahalliy budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlariga nisbatan 10 foizdan kam miqdordagi oʻzgartirishlar tegishli hokimliklar tomonidan hamda 10 va undan ortiq foiz miqdoridagi oʻzgartirishlar mahalliy kengashlar qarorlari asosida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 28, 143 va 148-moddalari hamda Kogon tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2026-yil 16-fevraldagi 02-06-219/20-01-32/26-sonli xatiga asoslanib, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kogon tumani mahalliy budjetining 2025-yil ijrosi jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetining soliq turlari kesimida daromadlar prognoz rejasiga kiritilgan oʻzgartirishlar 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilariga Kogon tumani budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari hamda mahalliy budjet xarajatlari rejasiga nisbatan 10 foizdan kam miqdordagi tegishli oʻzgartirishlar 2-ilovaga muvofiqtasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kogon tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlari rejasiga kiritilgan oʻzgartirishlarni davriy hisobotlarda va mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalarini aniqlashda hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2025-yil 7-oktabrda 3558-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan yoʻriqnoma talablariga asosan kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma-bildirishnomalarni tegishli hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari va budjet tashkilotlariga dasturiy majmua orqali yuborilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosining nazorati Kogon tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi M. Malikov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi QAZOQOV O. N
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Kogon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-2-36-Q/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.