28.02.2026 yildagi VII-18-25-2-36-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kogon tuman mahalliy budjeti daromad va xarajatlarining 2025 yil yakunlari boʻyicha ijrosi hamda 2026 yil boshidagi shakllangan qoʻshimcha manba (erkin qoldiq) mablagʻlarini yoʼnaltirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2025 yil 25 dekabrdagi “2026 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 143 va 148-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 noyabrdagi KQ-5-V-sonli Qaroriga asosan va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddasiga muvofiq tuman hokimligining Kogon tuman mahalliy budjeti daromad va xarajatlarining 2025 yil yakunlari boʻyicha ijrosi hamda 2026 yil boshidagi shakllangan qoʻshimcha manba (erkin qoldiq) mablagʻlarini yoʼnaltirish toʻgʻrisida hisobotni (maxsus komissiya xulosasi asosida) koʻrib chiqib, Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025 yil 25 dekabrdagi “2026 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 143 va 148-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 noyabrdagi KQ-5-V-sonli Qaroriga asosan Kogon tuman mahalliy budjeti daromad va xarajatlarining 2025 yil yakunlari boʻyicha ijrosi hamda 2026 yil boshidagi shakllangan qoʻshimcha manba (erkin qoldiq) mablagʻlarini yoʼnaltirish toʻgʻrisidagi Kogon tuman Iqtisodioyt va moliya boʻlimi va umumlashtiruvchi komissiyaning (taklifi) hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kogon tumani mahalliy byudjetining 2026 yil boshidagi shakllangan qoʻshimcha manba (erkin qoldiq) mablagʻlarini yoʼnaltirish 1-ilovaga, 2025 yil daromadlari rejasining ijrosi-bajarilishi soliq turlari boʻyicha 2-ilova va 3-ilovaga va xarajatlarining ijrosi-bajarilishi soliq turlari boʻyicha 4-ilova muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy hamda maʼnaviy zararlar toʻlovlaridan qarzdorliklar mavjud boʻlgan taqdirda yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilishdan tuman mahalliy byudjetiga tushgan tushumlar har oyning oxirgi ish kunida hokimlik tomonidan viloyat hokimligi huzuridagi “Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarma”ga yoʻnaltirilib borilishi taklifi maqsadga muvofiqligi inobatga olinib, hokimlik va tegishli masʼullar tomonidan birgalikda doimiy ijrosi taʼminlanib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kogon tuman mahalliy byudjetining shakllanadigan qoʻshimcha manbalari hisobidan 30 foiz miqdori jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan “Fuqarolar tashabbusli” jamgʻarmasiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda doimiy yoʻnaltirilgan holda tuman hokimligi (Bosh hisobchisi) tomonidan amalga oshirilishi doimiy taʼminlanib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 dekabrdagi PQ-455-sonli Qarorining 8-bandi talabiga asosan 2025 yildan boshlab tuman mahalliy byudjetlariga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar ularning qoʻshimcha manbalari hisoblanishi va maqsadli ravishda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish uchun yoʻnaltirilishi belgilanganligini inobatga olgan holda mazkur mablagʻlarning doimiy ravishda yoʻnaltirilib borilishi taklifi maqsadga muvofiqligi inobatga olinib, hokimlik va tegishli masʼullar tomonidan birgalikda doimiy ijrosi taʼminlanib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari kengashi deputatlari mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan birgalikda qoʻshimcha manbalar asosida shakllantiriladigan tadbirlarga yoʻnaltirish uchun “Ochiq byudjet” tizimi toʻgʻrisida aholini xabardor qilish va ularning ushbu tadbirlarga faol ishtirokini taʼminlash maqsadida joylarda tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kogon tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi va Gʻaznachilik xizmatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi talablari asosida mahalliy budjetning parametrlariga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish hamda parametrlarda koʻzda tutilgan xarajatlarni, xususan birinchi darajali toʻlovlarni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet xarajatlari rejasiga oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda hisobga olish, tegishli hududiy budjet mablagʻi oluvchilarning xarajatlar miqdoriga aniqlik kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni oʻrnatish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman soliq inspesiyasi boshligʻi (S. Axmedov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 yil uchun belgilangan daromadlar prognoz reja koʻrsatkichlarini barcha soliq turlari kesimida toʻliq bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet daromadlari bazasini kengaytirish hamda mahalliy budjetga qoʻshimcha soliq tushumlarini tushirish manbalarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan toʻliq, samarali foydalanish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi TURSUNOVA XURMAT TOSHEVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Kogon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-18-25-2-36-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.