06.01.2026 yildagi VII-24-1-4-67-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SHAHRISABZ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Shahrisabz tuman boʻyicha 2026-yilda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xati, Qashqadaryo viloyati hokimining “Qashqadaryo viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida”gi qaror loyihasi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shahrisabz tumanidagi mahallalarning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yer soligʻining amaldagi stavkalari 1-0,7 baravarga indeksatsiya qilinishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahrisabz tumani bo`yicha 2026-yilda Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahrisabz tumani boʻyicha 2026-yilda Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilangan Shahrisabz tuman boʻyicha Soliq kodeksida belgilangan yer soligʻi stavkalarida (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan mahallalar kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koyeffitsiyentlarni kiritish vakolati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashining 2025-yil 17-yanvardagi “Shahrisabz tuman yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2025-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida”gi VII-4-2-4-67-K/25-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning “e-qaror.gov.uz” elektron tizimi orqali manfaatdor tomonlarga yetib borishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Shahrisabz tuman KengashiningMahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A. Baratov hamda Shahrisabz tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Gʻ. Karamanov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi S. XASANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-24-1-4-67-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.