XALQ DEPUTATLARI QARSHI TUMANI KENGASHINING
qarori
Qarshi tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xatiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2025 yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xati, Qashqadaryo viloyat hokimining “Qashqadaryo viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida”gi qarori loyihasi maʻlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Qarshi tumanidagi mahallalarni iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, yer soligʻining amaldagi stavkalari 1-0,7 baravarga indeksatsiya qilinishi inobatga olinsin.
3. Qarshi tumanida boʻyicha 2026-yilda Yer qaʻridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qarshi tumanida boʻyicha 2026-yilda Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Xalq deputatlar Qarshi tumani Kengashining 2025-yil 17-yanvardagi VII-4-1-4-59-K/25-sonli qarori 2026 yil 1-yanvar kunidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
6. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Sessiya raisi R. BERDIYEV
Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani,
2026-yil 5-yanvar,
VII-15-1-4-59-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.