Xalq deputatlari Yakkabogʻ tumani Kengashining
qarori
2026-yilda Yakkabogʼ tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining “Qashqadaryo viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida”gi qaror loyihasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, хalq deputatlari Yakkabogʼ tuman Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xati, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-20-218-4-0-K/25-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Yakkabogʼ tumanidagi mahallalarni iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, yer soligʻining amaldagi stavkalari 1-0,7 baravarga indeksatsiya qilinishi inobatga olinsin.
3. Yakkabogʼ tumani bo`yicha 2026-yilda Yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Xalq deputatlari Yakkabogʼ tumani Kengashining 2025-yil 17-yanvardagi VII-5-6-4-68-K/25-sonli qarori 2026-yil 1-yanvar kunidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. Mazkur qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi A. Joʻrayev hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi L. Xudoyqulov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi A. GʻIYOSOV
Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-18-158-4-68-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.