XALQ DEPUTATLARI GʼUZOR TUMANI KENGASHINING
qarori
2026-yilda Gʼuzor tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo'mitasining 2025 yil 12 noyabrdagi 24-127593-sonli xatiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari Gʼuzor tuman Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo'mitasining 2026 yil 12 noyabrdagi 24-127593-sonli -sonli xati, Qashqadaryo viloyat hokimining “Qashqadaryo viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida”gi qaror loyihasi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Gʼuzor tumanidagi mahallalarni iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, yer soligʻining amaldagi stavkalari 1-0,7 baravarga indeksatsiya qilinishi inobatga olinsin.
3. Gʼuzor tuman bo`yicha 2026-yilda Yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Gʼuzor tuman bo`yicha 2026-yilda Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Xalq deputatlari Gʼuzor tuman Kengashining 2025 yil 16 yanvardagi VII-4-9-4-56-K/25-sonli qarori 2026-yil 1-yanvar kunidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi B. SUYUNOV
Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-14-102-4-56-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.