XALQ DEPUTATLARI MUBORAK TUMANI KENGASHINING
qarori
2026-yilda Muborak tumani boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi boʻyicha belgilangan bazaviy soliq stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429, 437, 445, 452-moddalariga muvofiq Muborak tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi O. Shomuratovning hisobotini inobatga olib “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2025-yil 29-dekabrdagi VII-20-218-4-0-K/25-sonli qaroriga asosan Muborak tumanida yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun mutlaq miqdori 39,432 mln.soʻm hamda jismoniy shaxslarga 1 kv.metr uchun bazaviy soliq stavkasining mutlaq miqdori 328,0 soʻm miqdor belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi va tuman Soliq inspeksiyasi hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda tuman hokimligining 2026-yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, mahallalar boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning bazaviy yer soligʻi stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
3. Muborak tumanida 2026-yil uchun, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda 1 gektar yerga belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga, jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritishga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 kv. metrga belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyent 2-ilovaga, tuman boʻyicha Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 3-ilovaga, Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashining 2025-yil 15-yanvardagi “2025-yil Muborak tumani boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi boʻyicha belgilangan bazaviy soliq stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi VII-5-2-4-64-K/25-sonli qarori 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror “e-kengash.gov.uz” elektron tizimi orqali manfaatdor tomonlarga yetib borishi inobatga olinsin.
6. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʻlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytida joylashtirilsin.
7. Ushbu qaror rasman eʻlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Muborak tuman KengashiningMahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Sh. Boyniyozov hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari N. Luqmonovlar zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi Gʻ. MURODOV
Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-19-176-4-64-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.