Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2146-20]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-son “Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish mexanizmini samarali tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari, 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 30-dekabrdagi PQ-398-son “Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-fevral,
332-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 17-fevraldagi 332-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 152-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42 52 500 “Yonilgʻi va YOMM” budjet tashkilotlarining xoʻjalik va texnik ehtiyojlari uchun yonilgʻi, transportlarni quvvatlash uchun elektroenergiya va YOMMlarni sotib olish xarajatlarini aks ettiradi;”.
2. 1-ilovada:
1) 3 086 1 0 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 087 0 0 Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasi;
3 087 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 088 0 0 Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va taʼmirlash jamgʻarmasi;
3 088 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 089 0 0 Kasbiy taʼlim agentligi huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi;
3 089 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 090 0 0 Hududlarni rivojlantirish boʻyicha jamgʻarmalar;
3 090 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 090 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatlarning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
3 091 0 0 Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yashil tashabbuslar”ni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
3 091 10 Respublika mablagʻlari;
3 092 00 Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi;
3 092 10 Respublika mablagʻlari;
3 093 0 0 Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi;
3 093 10 Respublika mablagʻlari;
3 094 0 0 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Kelajak” markazlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
3 094 1 0 Respublika mablagʻlari”;
2) 5 002 0 0 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“5 002 1 0 Respublika mablagʻlari”.
3. 2-ilovaning 3 430 156 qatoridagi “nazorat-kassa mashinalaridan” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 4-ilovada:
1) 7 016 805 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 016 806 Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar”;
2) 7 019 991 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 019 998 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar Hisob palatasi va (yoki) Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan kamaytirilishi natijasida maqbullashtirilgan mablagʻlar”;
3) 7 029 805 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 029 806 Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar”;
4) 7 039 805 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 039 806 Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar”;
5) 7 042 118 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 042 119 Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasi”;
6) 7 049 805 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 049 806 Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar”;
7) 7 056 805 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 056 806 Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar”;
8) 7 069 805 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 069 806 Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar”;
9) 7 076 805 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 076 806 Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar”;
10) 7 089 805 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 089 806 Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar”;
11) 7 089 901 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 089 902 Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish xarajatlari”;
12) 7 098 805 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 098 806 Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar”;
13) 7 103 700 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 103 900 Boshqa nafaqalar va ularni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar”;
7 103 910 Tugʻish vaqtida yoki tugʻishdan keyingi davrda ona vafot etganda, tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqa;
7 103 920 Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa;
7 103 930 Himoya qilinuvchi shaxslarga bir yoʻla beriladigan nafaqa”;
14) 7 109 401 qator chiqarib tashlansin;
15) 7 109 805 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 109 806 Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar”.
5. 5-ilovada:
1) 42 52 140 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“42 52 150 Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tovar-moddiy zaxiralar”;
2) 42 99 000 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“42 99 950 Yongʻin xavfsizligini taʼminlash xarajatlari”.
6. 5a-ilovada:
1) 42 52 140 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“42 52 150 Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tovar-moddiy zaxiralar”;
2) 42 99 000 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“42 99 950 Yongʻin xavfsizligini taʼminlash xarajatlari”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026 y., 10/26/2146-20/0180-son)