30.12.2025 yildagi VII-13-159-4-63-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI MIRISHKOR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yilda Mirishkor tumani boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi boʻyicha belgilangan bazaviy soliq stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429, 437, 445, 452-moddalariga muvofiq, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining qaroriga asosan Mirishkor tumanida yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun mutlaq miqdori 34,8 mln.soʻm hamda jismoniy shaxslarga 1 kv. metr uchun bazaviy soliq stavkasining mutlaq miqdori 271,4 soʻm miqdor belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi va tuman Soliq inspeksiyasi hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda tuman hokimligining 2026-yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, mahallalar boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning bazaviy yer soligʻi stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mirishkor tumanida 2026-yil uchun, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda 1 gektar yerga belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga, jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritishga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 kv.metrga belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyent 2-ilovaga, tuman boʻyicha Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining 2025-yil 16-yanvardagi “Mirishkor tumani boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi minimal miqdoriga koeffitsiyentlar qoʻllash toʻgʻrisida”gi VII-5-2-4-63-K/25-sonli qarori 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror “e-qaror.gov.uz” elektron tizimi orqali manfaatdor tomonlarga yetib borishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʻlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasman eʻlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisiga hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Sariqovlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi F. GʻULOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-159-4-63-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.