XALQ DEPUTATLARI ZOMIN TUMANI KENGASHINING
Qarori
Zomin tumanidagi mavjud geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 23-dekabrdagi yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunining 10-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosari X.Siddikovning taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 23-dekabrdagi yigʻilish bayoni va bayonnoma bilan tasdiqlangan ekspert xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan tumandagi 19ta geografik obyekt nomlari roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Zomin tumani Davlat soliq inspeksiyasi, tuman statistika boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, iqtisodiyot va moliya boʻlimi, tuman ichki ishlar boʻlimi, Davlat Kadastrlari palatasi tuman filiali va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga:
ushbu qaror bilan nomlangan 19 tageografik obyektlar, xususan, koʻcha, tor va berk koʻchalar nomini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda boshqa tegishli tadbirlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirsin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (Z.Omonqulov, E.Maxmanazarov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (S.Parmanov), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (A.Yusupov)ga 1 oy muddatda ushbu qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosidagi koʻchalarga ularning nomlari yozilgan metall koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni bosqichma bosqich oʻrnatish, almashtirish va olib borilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni belgilangan muddatda “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari” boʻyicha tuman komissiyasi (X. Sidikov)ga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
5. Tuman ichki ishlar boʻlimi (I.Nurmatov) fuqarolarning xorijga chiqish, kirish uchun hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻchalarning nomlari qayta nomlanganligiga alohida eʼtibor qaratsin, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda geografik obyekt nomlarini toʻgʻri yozilishini doimiy nazoratga olsin.
6. Mazkur qaror Zomin tumani hokimligi “Sharq tongi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosari X.Siddikov, geografik obyektlarga nom berilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni Geografik obyektlar nomlarini davlat reestriga kiritish uchun oʻn kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etsin.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Z.Omonqulovlar zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi BEGMATOVA DILAFROʻZ ALIJONOVNA
Jizzax viloyati, Zomin tumani,
2026-yil 23-fevral,
VII-16-20-3-48-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.