XALQ DEPUTATLARI BOYSUN TUMANI KENGASHINING
Qarori
Boysun tumanidagi ayrim koʻchaning nomini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 19-noyabrdagi 11-01/122-son “Boysun tumanidagi ayrim koʻchaning nomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi yigʻilish bayoni, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 21-noyabrdagi 18-07/312-sonli yigʻilish bayoni hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 15-dekabrdagi 2/2-754-son “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi davlat ekspertizasi xulosasi toʻgʻrisida”gi yigʻilish bayonlarini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 19-noyabrdagi 11-01/122-son “Boysun tumanidagi ayrim koʻchaning nomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi yigʻilish bayoni, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining viloyat komissiyasining 2025-yil 21-noyabrdagi 18-07/312- sonli yigʻilish bayoni hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 15-dekabrdagi 2/2-754-son “Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqidagi davlat ekspertizasi xulosasi toʻgʻrisida”gi yigʻilish bayonlari maʼqullansin.
2. Tumanda nomi tasdiqlanayotgan koʻchaning roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kadastrlar palatasi tuman filiali (M.X.Joʻrayev), tuman statistika boʻlimi (A.R.Saidov) tuman hokimligi bilan birgalikda nomi tasdiqlanayotgan koʻchani, shuningdek, yangidan nomlangan koʻchani davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (F.T.Murtazoyev) nomi tasdiqlanayotgan koʻchada yashovchi aholining fuqarolik pasportlariga, mazkur hudud aks ettirilgan yoʻl belgilariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
5. Tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (F.F.Fayzulloyev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (Z.A.Raxmonov) hududlarda yangi nomlangan aholi punktlarining tarkibiy qismlarining yangi nomi yozilgan koʻrsatkich va belgi, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich oʻrnatilishini taʼminlasin.
6. Tuman hokimligi axborot xizmati (Y.Sh.Xoliyorov) mazkur qarorning “Boysun” gazetasida rasmiy eʼlon qilinishi hamda hokimlik veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S.B.Bohavaddinov) hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (X.M.Allanov) zimmalariga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi XAITOV BEKMUROT KARIMOVICH
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani,
2026-yil 19-fevral,
VII-19-12-8-110-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.