23.02.2026 yildagi VII-17-25-3-45-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI GʻALLAOROL TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻallaorol tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subʼyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha toʻlov tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-387-sonli qarorining 8-bandi (a)-qismida 2026-yil 1-yanvardan boshlab Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuman (shahar)lar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatishga ruxsat berilishi, bunda chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan Xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlariga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritilishi, shuningdek tuman markaziy koʻchalaridagi qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq xizmatlar sifatidan toʻliq qoniqishini va tadbirkorlar uchun jozibadorligini taʼminlash, hosil boʻlayotgan chiqindilarni qayta ishlash darajasini oshirish, chiqindilar toʻplanishining oldini olish, ekologik hamda sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida va tuman hokimligining 2026-yil 23-yanvardagi №68/x sonli Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi raisiga yoʼllagan xati yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gʻallaorol tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subʼyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha toʻlov tariflari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi X.I.Mamaraximovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi (Sh.Janzoqov), tuman Sogʻliqni saqlash boʻlimi (X.Saidov), tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boʻlimi(F.Sayfiddinov), Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (Z.Usmonov)lar fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitar qoidalari va meʼyorlariga asosan hududlar boʻyicha oʻrnatilgan meʼyorlardan isteʼmolchining faoliyat turidan, joylashuvidan va xizmatidan foydalanish usulidan kelib chiqib isteʼmolchi tomonidan QSMCH (qattiq suyuq maishiy chiqindilar) yillik toʻlash hajmi va QQS (qoʼshimcha qiymat soligʼi) xizmat haqqi soʻmmasi 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (S.Ismailov) ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi (I.Mamatqulov)ga, ijrosi tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (A.Abdujalilov) va tuman Soliq inspeksiyasi boshligʻi (B.Quvondiqov) hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi (X.I.Mamaraximov)larning zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi UMAROV SHAKARBEK XABIBOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-25-3-45-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.