16.02.2026 yildagi VII-17-22-3-45-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI GʻALLAOROL TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-303-sonli Qonuni, “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli, 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 34-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi jami 379 ta geografik obyekt nomlash va qayta nomlash boʻyicha taklif, davlat ekspertizasiga yuborilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yilning 26-dekabr kuni 03/08-14651-sonli ekspert xulosasi kelib tushdi. Xulosaga koʻra, 100 ta koʻcha geografik obyekt nomi “Geografik obyektlar toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq deb topilgan. Nomi qonun talablariga muvofiq deb topilgan 279 ta koʻcha geografik obʼyekt nomlarini koʻrib, tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, Axborot xizmati rahbari davlat tili boʻyicha maslahatchisi X.Mamarasulovning axborotini muhokama qilib Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yilning 26-dekabr kuni 03/08-14651-sonli ekspert xulosasi hamda tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, Axborot xizmati rahbari davlat tili boʻyicha maslahatchisi X.Mamarasulovning axborotini maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika toponimika xizmati Ekspert komissiyasi xulosasiga koʻra 279 ta koʻcha geografik obyekt nomlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman statistika boʻlimi (U.Mirzabekov), Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasining Gʼallaorol tumani filiali (S.Mamarahimov), tuman arxitektura va qurilish boʻlimi (A.Joʻrabekov) hamda tegishli mutasaddi va davlat organlariga amaldagi tartibda nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan koʻchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazasini shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman statistika boʻlimi (U.Mirzabekov), Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasining Gʼallaorol tumani filiali (S.Mamarahimov), tuman arxitektura va qurilish boʻlimi (A.Joʻrabekov), Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi (Z.Usmonov)ga hamda tegishli mutasaddi va davlat organlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha tuman komissiyasiga nom berilgan va nomi oʻzgartirilgan 279 ta koʻcha geografik obyektlarga ularning nomlari yozilgan metall koʻrsatgich va belgilar, peshlavhalar bosqichma - bosqich oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (A.Jalolov) nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan hududlarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (X.Mamaraximov) mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi koʻchalarga berilgan yangi nomlarni peshlavhalarga joylash va bu ishlarni oxiriga yetkazish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligi axborot xizmati (S.Ismoilov) va “Gʼallaorol ovozi” gazetasi tahririyati (A.Otamurodov)larga Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablari asosida ushbu olib borilgan ishlarni ommaviy-axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi UMAROV SHAKARBEK XABIBOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-22-3-45-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.