XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-yanvardagi VII-17-2-8-121-K/26-sonli qarorining ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 19, 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Termiz shahar Soliq inspeksiyasining 2026-yil 13-yanvardagi 14-00301-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2026-yil 6-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning 2026-yil uchun mol-mulk hamda yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida” VII-17-2-8-0-K/26-sonli qarorining 2-ilovasi asosida tasdiqlangan yuridik shaxslardan undirilddigan yer soligʻi stavkalariga (koyeffitsiyent 1,60 yer soligʻi stavkasi 60 320 000 soʻm) moslashtirish maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Termiz shahrida yuridik va jismoniy shaxslarning 2026-yil uchun mol-mulk hamda yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida” 2026-yil 8-yanvardagi VII-17-2-8-121-K/26-sonli qarorining 2-ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin hamda ilovaga muvofiq qayta tasdiqlansin.
3. Termiz shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Sh.Dusmuratov, shahar Soliq inspeksiyasi (S.Turayev)ga:
yer soligʻining amaldagi stavkalari yuridik shaxslar 1 gektarga 60,320 mln. soʻm va jismoniy shaxslar 1 kv. m ga 522,59 soʻm, yuridik shaxslar uchun 1,30-1,60 koeffitsiyentgacha va jismoniy shaxslar 1,2-1,5 koeffitsiyentgacha indeksatsiya qilinishi qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilashi mumkinligi yuzasidan “Surxondaryo” televideniyesi bilan hamkorlikda press klublar va chiqishlarni amalga oshirish hamda televideniye orqali ommaga taqdim etsin;
belgilangan yer soligʻi stavkalariga (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun ularning hududlarida joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashlari yuzasidan maʼlumotlarni taʼminlab bersin;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mavjud yer maydonlari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olsin;
har chorak yakunida yuridik va jismoniy shaxslarga hisoblangan yer soligʻi va undirilgan soliqlar toʻgʻrisida hamda yuridik shaxslarga hisoblangan mol-mulk soligʻi va undirilgan boshqa soliqlari toʻgʻrisida xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot berib borsin.
4. Shahar hokimligi Axborot xizmati (A.Qosimova) va “Termiz oqshomi” gazetasi tahririyati (A.Radjabov)ga mazkur loyihani amalga oshirishdan maqsad va uning shahar iqtisodiyotini yuksaltirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida televideniye, radio, rasmiy sahifalar orqali ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Mustafakulov) zimmasiga yuklansin.
6. Qaror loyihasi regulation.gov.uzga muhokamaga qoʻyilganda berilgan taklif va eʼtirozlardan kelib chiqib oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi inobatga olinsin.
7. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi NORMURADOVA DILBAR ABDIKOSIMOVNA
Surxondaryo viloyati, Termiz sh.,
2026-yil 9-fevral,
VII-18-15-8-121-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.