Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3779]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2026-yil 18-fevral,
7-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3338, 2021-yil 30-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) ilovaning 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 34, 35, 36, 37, 39, 40, 42, 43, 44, 46, 47, 53, 55, 57, 58, 59, 63, 64, 65, 67, 68, 69, 71, 82, 86, 87, 88, 89, 94, 99, 105, 107, 115, 116, 118, 122, 131, 132, 137, 139, 143, 156, 157, 162, 163, 167, 169, 170, 171, 173, 180, 181, 184, 188, 195, 196, 197 va 202-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3393, 2022-yil 17-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son) ilovaning 1, 4, 5, 6, 7, 8 va 9-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 7-mh-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3496, 2024-yil 12-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3496/0121-son) ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-son “Davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3595, 2024-yil 27-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son) ilovaning 15, 20, 27, 47 va 56-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026 y., 10/26/3779/0156-son)