XALQ DEPUTATLARI NUROTA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Nurota tumanidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 16-dekabrdagi 05/19-22384-sonli yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining 2025-yil 16-dekabrdagi 05/19-22384-sonli ekspertiza xulosasiga asosan Nurota tumanida 1112 ta geografik obyekt (koʻchani)ni nomlash boʻyicha taklifi oʻrganib chiqilib ijobiy xulosa berilgan.
Yuqoridagilarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-, 6-, 10-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Nurota tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 16-dekabrdagi 05/19-22384-sonli yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining 2025-yil 16-dekabrdagi 05/19-22384-sonli xulosa xati bilan yuborilgan Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash toʻgʻrisida takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish komissiyasining ekspert xulosalari maʼqullansin.
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi majlisining 2024-yil 10-maydagi 35-son bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Nurota tumani komissiyasi tomonidan taqdim etilgan 1112 ta geografik obyektlar nomlariga Kadastr agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarni nomlari toʻgʻrisida”gi 303-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Nurota tuman hokimligi, Davlat kadastrlari palatasi Nurota tuman filiali, mahalla boʻlimi masʼullari bilan birgalikda tashkil etilgan xatlovlar natijasida tumandagi mavjud barcha toifadagi nomlanmagan koʻchalar 1112 ta koʻcha (asosiy koʻchalar, tor koʻchalar, berk koʻchalar) ekanligi inobatga olinsin.
3. Nurota tumanidagi 1112 ta toifalarga ajratilgan, nomlangan va qayta nomlangan koʻchalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Kadastrlar palatasi Nurota tuman filiali (E.Roʻzimurodov) 15 (oʻn besh) kun muddatda xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining mazkur qarori bilan oʻzgartirilgan geografik obyektlarining nomlarini davlat reyestriga kiritish choralarini koʻrsin.
5. Nurota tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi (I.Amonov), tuman statistika boʻlimi (Sh.Ismoilov), Kadastrlar palatasi Nurota tuman filiali (E.Roʻzimurodov)ga tegishli davlat roʻyxatidan oʻtkazish idoralari bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqib hisobotlarga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish topshirilsin.
6. Nurota tuman ichki ishlar boʻlimi (A.Rayxanov) yangi nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan hududlarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
7. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Nurota tuman boʻlimi (A.Shokirov) bir oy muddatda hududlarda nomlari oʻzgargan geografik obektlarning nomini aholi oʻrtasida keng targʻib etish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishdagi (lotin yozuvida) peshlavhalarga yozib, oʻrnatish choralarini koʻrsin.
8. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (L.Mansurov), mazkur qaror rasman eʼlon qilingandan soʻng hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (B.Normurodov) zimmasiga yuklansin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi MIRZAYEV JAMOLIDDIN UMIRZOQOVICH
Navoiy viloyati, Nurota tumani,
2026-yil 16-fevral,
VII-20-18-5-74-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.