SURXONDARYO VILOYATI JARQOʻRGʻON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Jarqoʻrgʻon tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27, 47-moddalarini, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumtaʼlim toʻgʻrisida”gi nizomning 39, 41-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat umumtaʼlim muassasalaridagi qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning” maʼmuriy reglamentining 3, 4, 8-bandlariga asosan, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2026-yil 12-yanvardagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida, tumandagi har bir umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 01-21-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarini qishloq va mahalla fuqaro yigʻinlaridagi hudud va mikrohududlarga biriktirish haqidagi roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosari (A.Radjabov), tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi (S.Adinayev)ga va tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlarining zimmalariga:
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga 7 yoshga toʻladigan yilida toʻliq qamrab olish;
oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan doimiy monitoring olib borish;
monitoring natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi yuklatilsin.
4. Belgilansinki, tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻqitishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (B.Sulaymonov) va mahalla fuqarolar yigʻin raislariga:
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qamrab olish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qaror “Janub gavhari” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Tuman hokimining 2022-yil 18-iyundagi 233-8-112-Q/22-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A.Radjabov va tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi S.Adinayev zimmalariga yuklatilsin.
Jarqoʻrgʻon tumani hokimi v. v. b. XAMRAYEV. R. CH
Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani,
2026-yil 16-fevral,
39-8-112-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.