28.01.2026 yildagi VII-22-8-2-33-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI VOBKENT TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vobkent tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilib, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv — tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorning 7-bandiga muvofiq 2024-yildan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqib, tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi boʻyicha tuman Kengashi sessiya muhokamasiga kiritilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga asosan, xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining 2025-yil 20-martdagi “Vobkent tumanida 2025-yilgi vegetatsiya mavsumida qishloq xoʻjaligi ekinlari mahsulotlari yetishtiruvchilarning suv olish limitlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-9-41-2-33-K/25-son qarorining 1-ilovasi bilan “Vobkent tumanida 2025-yil vegetatsiya mavsumida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtiruvchilarning suv olish limitlari” tasdiqlanib, bunda 2025-yil vegetatsiya mavsumida jami 128,8 mln.m3, shu jumladan, dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yerlariga 29,3 mln.m3, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar (suv isteʼmolchilar)ga 99,5 mln.m3 suv resurslari ajratilishi kutilgan edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 30 oktabrdagi 187-son hamda “Amu-Buxoro” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2025-yil 28-noyabrdagi 76/1-son buyruqlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 37-bandiga muvofiq, sugʻorish mavsumi yakuni manbalardagi suvning haqiqiy miqdorini hisobga olgan holda, isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan suv resurslarini cheklangan suv miqdorlarini inobatga olgan holda, qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchilarning suv olish limitlarini qayta tasdiqlash haqida belgilangan vazifalarga asosan Vobkent tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash maqsadga muvofiq boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Vobkent tumanida 2025-yilgi vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilarga jami 156,5 mln.m3, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar (suv isteʼmolchilar)ga 113,8 mln.m3, dehqon xoʻjaliklari uchun 21,8 mln.m3 hamda aholi tomorqa yerlariga 20,9 mln.m3 suv resurslari ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asosan, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 30 oktabrdagi 187-son va “Amu-Buxoro” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2025-yil 28-noyabrdagi 76/1-son buyruqlari hamda Vobkent tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 20-dekabrdagi 329-sonli xati inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vobkent tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash yuzasidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori B.Mirjonovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vobkent tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun qoʻyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vobkent tumanida 2025-yil vegetatsiya mavsumida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtiruvchi yakuniy isteʼmolchilarning suv olish limitlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi O.Noʻkarov, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM (B.Mirjonov)ga tumanda suv isteʼmolchilari tomonidan limit asosida olingan suv resurslarini hisobotini yuritish va belgilangan tartibda tuman soliq inspeksiyasiga oʻz vaqtida taqdim etib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda suv isteʼmolchilari tomonidan limit asosida olingan suv resurslarini samarali foydalanayotganligi yuzasidan joylarga chiqqan holda deputatlik nazoratini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda oʻrganishlar natijasida suv resurslarini tumanda belgilangan limitdan ortiqcha olgan suv isteʼmolchilarini doimiy komissiya yigʻilishlarida ishtirokini taʼminlash va ularning hisobot (axborot)larini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil davomida tumanda suv isteʼmolchilari tomonidan limit asosida olingan suv resurslaridan samarali foydalanayotganligi yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobot (axborot)larini xalq deputatlari tuman Kengashining sessiya kun tartibiga kiritilishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 20-martdagi “Vobkent tumanida 2025-yilgi vegetatsiya mavsumida qishloq xoʻjaligi ekinlari mahsulotlari yetishtiruvchilarning suv olish limitlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-9-41-2-33-K/25-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi O.Noʻkarovga, ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi VAFOYEV BAQO UBAYTOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Vobkent tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-22-8-2-33-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.