02.02.2026 yildagi VII-27-14-10-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori tezligini 80 km/soatgacha tushirish masalalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 98-sonli farmonining 3-bandiga asosan Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tashabbuskorligini yanada oshirish maqsadida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga “Yoʻllarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatib) ruxsat berish” boʻyicha takliflarga rozilik berish vakolati berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hududida joylashgan davlat ahamiyatiga ega D 012 “Byektemir sh.-Chirchiq sh.-Gʻazalkent sh.-Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 19-74 kilometrlari oraligʻida belgilangan tezlikka amal qilmaslik oqibatida 2025-yil 12 oyi davomida jami 63 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan. Natijada 15 nafar fuqaro vafot etgan va 50 nafar fuqarolar tan jarohati olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolar va harakat xavfsizligini taʼminlash, maqsadida aholi yashash hududidan tashqari qismida transport vositalarining yuqori harakatlanish tezligini kamaytirish 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (80 km/soat) yoʻl belgilarini oʻrnatish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning 2025-yil 4 dekabrdagi yigʻilishida Toshkent viloyat IIB “Yoʻl harakati xavfsizligi” boshqarmasining 2025-yil 26 noyabrdagi 25/12-7167-sonli xati hamda Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hududiy maxsus komissiyaning 2025-yil 25 noyabrdagi yigʻilish bayoni bilan taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilib, tayyorlangan qaror loyihasi (regulation.gov.uz) portaliga joylashtirilib, jamoatchilik muhokamasi muddati 2025-yil 24 dekabrda yakunlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning 2025-yil 4-dekabrdagi yigʻilish bayoni va xulosasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtomobil yoʻllarida harakatni tashkil etish, boshqarish va xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hududiy maxsus komissiya kotibi- Viloyat IIBB “Yoʻl harakati xavfsizligi” boshqarmasi boshligʻi A.Sadirovning “Viloyat hududlarida 2025-yilning 12 oyi davomida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisida”gi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 98-sonli farmoniga asosan viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hududiy maxsus komissiya”sining D 012 “Byektemir sh. - CHirchiq sh. - Gʻazalkent sh. - Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 6 ta aholi yashash joyidan tashqari qismida harakat tezligini kamaytirish boʻyicha taklifi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi boshligʻi J.Bekmurzayev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda ilovada koʻrsatilgan hududlarda yoʻl-transport hodisalarini oldini olish va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida harakat tezligini cheklash uchun 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan” (80 km/soat) yoʻl belgilari oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (Gʻ.Sheraliyev), viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati (B.Toʻlaganov) viloyatning ayrim xududlarida xarakat yoʻl transport xodisalarini oldini olish maqsadida xarakat tezligi kamaytirilganligini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi R.Sheraliyev, viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.Mahmudov hamda viloyati hokimligi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha guruhi rahbari F.Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi FAYZIYEVA SAYYORA MAVLYANOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 2-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-27-14-10-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.