09.02.2026 yildagi VII-17-18-8-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SURXONDARYO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida 2026-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromad soligʻi stavkalarini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq Surxondaryo viloyatida 2026-yilda jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromad soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar hamda fikr-mulohazalarni inobatga olib, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat Soliq boshqarmasining 2025-yil 16-dekabrdagi 20-107308-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (Sh.Abdullayev), viloyat Soliq boshqarmasi (E.Narmanov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromad soligʻi stavkalari turar joylar uchun 5,9-14,5 ming soʻmgacha 2 koeffitsiyentgacha, noturar joylar uchun 11,8-28,4 ming soʻmgacha, 2 koeffitsiyentgacha indeksatsiya qilinishini qoʻllagan holda ijara stavkalarini belgilashi mumkinligi yuzasidan televideniye bilan hamkorlikda press klublar va chiqishlarni amalga oshirish hamda televideniye orqali ommaga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromad soligʻi keyingi soliq davriga tasdiqlangan soliq stavkalarini 5 (besh) kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakunida jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromad soligʻi va undirilgan soliqlar toʻgʻrisida xalq deputatlari viloyat Kengashiga axborot berib borish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan daromad soligʻi uchun shahar va tumanlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat teleradiokompaniyasi (B.Mingboyev), “Surxon tongi” va “Зара Сурхана” gazetalari tahririyati (S.Norqobilov)ga mazkur loyihani amalga oshirishdan maqsad va uning viloyat, shahar va tumanlar iqtisodiyotini yuksaltirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida televideniye, radio, rasmiy sahifalar orqali ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I.Yoqubov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi CHORIYEV ABDURAIM RAVSHANOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-18-8-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.