Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
buyrugʻi
Kasbiy taʼlim agentligi tizimiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etiladigan texnikumlar roʻyxatiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3775]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son Farmoni bilan tasdiqlangan Kasbiy taʼlim agentligi tizimiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etiladigan texnikumlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 4-fevral,
44-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 4-fevraldagi 44-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Kasbiy taʼlim agentligi tizimiga oʻtkazish orqali qayta tashkil etiladigan texnikumlar roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Quyidagi mazmundagi 71-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ | ||||
71. | Boʻzatov tumani | Kegeyli agrotexnologiyalar texnikumi | Boʻzatov tuman 2-son texnikumi | 540 |
”. |
2. 11-pozitsiya chiqarib tashlansin.
3. 56-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Andijon pedagogika texnikumi”.
4. 59-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Andijon ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi”.
5. 156-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jizzax ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi”.
6. 174-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sharof Rashidov tuman 3-son texnikumi”.
7. 295-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Namangan ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi”.
8. 303-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uchqoʻrgʻon tuman 4-son texnikumi”.
9. 381-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sirdaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi”.
10. 395-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sirdaryo tuman 1-son texnikumi”.
11. 429-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muzrabot tuman 1-son texnikumi”.
12. 437-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Surxondaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi”.
13. 449-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sherobod tuman 4-son texnikumi”.
14. 568-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustunidagi “3” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
15. 571-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | ||||
571. | Fargʻona shahri | Fargʻona soliq texnikumi | Fargʻona ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi | 450 |
”. |
16. 576-pozitsiyaning “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fargʻona shahar 5-son texnikumi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2026 y., 10/26/3775/0140-son)