Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (16-sonli BHS) “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar”ning 25-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3562-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 9-sentabrdagi 175-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3562, 2024-yil 22-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2024-y., 10/24/3562/0863-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (16-sonli BHS) “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar”ning 25-bandi ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organi” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-fevral,
329-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2026-y., 10/26/3562-1/0137-son)