SURXONDARYO VILOYATI ANGOR TUMANI HOKIMINING
QARORI
Angor tumanidagi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27- moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandi, Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 6-iyundagi 295-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning” Maʼmuriy reglamenti hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 211-moddalariga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisidagi xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarini qishloq va mahalla fuqaro yigʻinlaridagi hudud va mikrohududlarga biriktirish haqidagi roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosari J.Baxramov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlim (Z.Utayev) va tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlarining zimmalariga:
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga 7 yoshga toʻladigan yilda toʻliq qamrab olish;
oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan doimiy monitoring olib borish;
monitoring natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
4. Belgilansinki, tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalar rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (J.Urazov) va mahalla fuqarolar yigʻini raislariga:
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qamrab olish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qaror tuman “Angor hayoti” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari J.Baxramov va tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri Z.Utayev zimmalariga yuklansin.
Tuman hokimi Q. MARDONOV
Surxondaryo viloyati, Angor tumani,
2026-yil 5-fevral,
35-8-109-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.