06.01.2026 yildagi 1-3-53-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIZZAX VILOYATI FORISH TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Forish tuman “Qoraobdol ota” MFY “Shoxusmon” qishlogʻi hududidagi 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti roʻparasidagi yoʻlga yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida sunʼiy notekislik oʻrnatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-sonli “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, shuningdek “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-, 6- va 211- moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Forish tuman IIBning 2025-yil 20-noyabrdagi 48/42-7-4874-sonli xati maʼlumot va asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Forish tuman “Qoraobdol ota” MFY “Shoxusmon” qishlogʻi hududidagi 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti roʻparasida joylashga yoʻlga yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida sunʼiy notekislik va yoʻl belgilari oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yevroosiyo davlatlari davlat meʼyori GOST R 52605-2006 talablariga muvofiq, mazkur hududda oʻrnatiladigan sunʼiy yoʻl notekisliklarining kengligi 40 sm.dan, balandligi esa 7 sm.dan oshmasligi va ular yoʻl qatnov qismi kengligida tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman “Obodonlashtirish” boshqarmasi (X. Joʻraqulov) va tuman ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (T.Muqimov) “Qoraobdol ota” MFY fuqarolar yigʻini raisi bilan birgalikda sunʼiy yoʻl notekisliklarini yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga muvofiq tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Sh.Uzoqov) sunʼiy yoʻl notekisliklarini tashkil etishga zarur mablagʻlarni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Forish tongi” gazetasida eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror ijrosi boʻyicha tuman hokimining oʻrinbosari F.Amirov keltirilgan maʼlumotlarning hamda unga asos boʻlgan hujjatlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari F.Amirov va tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi B.Naimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi ISLAMOV S. Y
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Forish tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-3-53-Q/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.