Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1747-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-oktabrdagi PF-193-son “Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2026-yil 1-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor T. NAZAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-yanvar,
13-n-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2026-yil 15-yanvar
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2026-yil 6-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 30-yanvardagi 13-n-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 15-noyabrdagi 167-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747, 2007-yil 11-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 525-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 8-apreldagi 74-N-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-1, 2016-yil 4-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 207-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 9-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida tibbiy-uchish ekspert komissiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1747-2, 2023-yil 12-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/1747-2/0473-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026 y., 10/26/1747-3/0126-son)