XALQ DEPUTATLARI QASHQADARYO VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Viloyatda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun toʻlov narxlari (tariflar)i toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4845-son qaroriga muvofiq hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining 2026-yil 10-yanvardagi 01-4/109-sonli, Qashqadaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 19-dekabrdagi 01-20-10/05-38/3322-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2025-yil 24-dekabrdagi 02/02-13076-sonli xatlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi v.v.b. D.Safarovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qashqadaryo viloyatining (Qarshi shahridan tashqari) tuman (shahar)larida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish, joylashtirish xizmatlari koʻrsatish boʻyicha narxlar (tariflar) ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash hamda olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tariflar belgilanganligini ommaviy axborot vositalari orqali aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar eʼtiboriga yetkazish vazifasi topshirilsin.
4. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2024-yil 13-iyundagi VI-74-71-4-0-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi O. Ravshanov va viloyat hokimining oʻrinbosari M. Azizov zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasman qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun oʻtgach kuchga kiradi.
7. Ushbu qaror rasmiy veb-sayt va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin.
Kengash raisi XUSHMURODOVA ISMIGUL BERDIMURODOVNA
Qashqadaryo viloyati,
2026-yil 26-yanvar,
VII-21-13-4-0-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.