15.01.2026 yildagi VII-20-8-4-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QASHQADARYO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarining chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-405-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi “Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 48-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 21-moddasi ijrosini taʼminlash maqsadida hamda viloyat hokimligi huzuridagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha Idoralararo doimiy komissiyasining 2025-yil 6-dekabrdagi B-01-04/659-sonli bayoni va xulosasi, Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining 2025-yil 27-noyabrdagi 01-10/11202-son va 01-10/1103-son xatlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyatdagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarining chegaralarini belgilash yuzasidan “Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi” Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Gʻ. Hamrayevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chiroqchi, Qamashi, Dehqonobod, Koʻkdala va Muborak tumanlaridagi jami 239 ta, Kitob tumanidagi Charmgar, Bektemir va Guliston mahalla fuqarolar yigʻinlarining tavsifi va xarita chegaralari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2025-yil 20-maydagi VII-11-86-4-0-K/25-sonli qarori hamda 2025-yil 5-avgustdagi VII-14-131-4-0-K/25-sonli qarorlariga asosan Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining tavsifi va xarita chegaralari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2024-yil 30-noyabrdagi VII-3-016-4-0-K/24-sonli qarorining 3-ilovasidagi Kitob tumanining Charmgar, Bektemir va Guliston mahalla fuqarolar yigʻinlarining tavsifi va xarita chegaralari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish va ijrosini taʼminlash xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi O. Ravshanov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari M. Azizov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasmiy veb-sayt va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XUSHMURODOVA ISMIGUL BERDIMURODOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-20-8-4-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.