02.02.2026 yildagi VII-24-27-3-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI JIZZAX VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyatidagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlari hududining chegaralarini belgilash va oʻzgartirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qaroriga muvofiq, viloyat hokimligi huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiya tomonidan mahallalarning chegaralarini belgilash boʻyicha takliflar oʻrganib chiqilib, takliflarni qanoatlantirish yuzasidan 2025-yil 15-apreldagi xulosa xalq deputatlari viloyat Kengashiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2025-yil 15-maydagi VII-9-106-3-0-K/25-sonli qarori bilan Arnasoy, Gʻallaorol, Zarbdor va Forish tumanlaridagi jami 10 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari birlashtirilib, 5 ta mahalla ixchamlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kadastrlari palatasining tegishli tuman va shahar filiallari tomonidan ixchamlashtirilgan mahallalarning chegaralarini aks ettirgan va tavsiflagan holda, mahallalar hududi chizmasi tayyorlangan hamda qoʻshni mahallalarning fuqarolar yigʻinlari bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimligi huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyaning 2025-yil 15-apreldagi xulosasi hamda boshqa tegishli hujjatlarni koʻrib chiqib, ixchamlashtirilgan 5 ta mahallalarning chegaralarini belgilash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jizzax viloyati hokimligining 2026-yil 10-yanvardagi 02-53-sonli xati hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshligʻi N. Siddiqovning viloyatdagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlari hududining chegaralarini belgilash va oʻzgartirish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat hokimligi huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyasi tomonidan Arnasoy, Gʻallaorol, Zarbdor va Forish tumanlaridagi jami 5 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining chegaralari boʻyicha kiritilgan takliflar qanoatlantirilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arnasoy tumanidagi “Doʻstlik” va “Baxtli” mahalla fuqarolar yigʻinlarining chegaralarini belgilash tavsifi va chegalarini belgilash tarxi 1-ilovalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻallaorol tumanidagi “Lalmikor” mahalla fuqarolar yigʻinlarining chegaralarini belgilash tavsifi va chegalarini belgilash tarxi 2-ilovalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forish tumanidagi “Darboza” mahalla fuqarolar yigʻinlarining chegaralarini belgilash tavsifi va chegalarini belgilash tarxi 3-ilovalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarbdor tumanidagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻinlarining chegaralarini belgilash tavsifi va chegalarini belgilash tarxi 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat kadastlari palatasining viloyat boshqarmasi (S. Kodirkulov) tegishli tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqib, chegaralari belgilanayotgan MFYlar boʻyicha tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A. Rahmonqulov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi SHUKUROV PARDA XXX
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 2-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-24-27-3-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.