30.12.2025 yildagi VII-19-157-13-190-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI TOʻRTKOʻL TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtkoʻl tumanining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Byudjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son Qonuniga va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 2025-yil 29-dekabrdagi 88/IX-sonli qaroriga muvofiq, xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 2025-yil 29-dekabrdagi 88/IX-son qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarorga muvofiq, Toʻrtkoʻl tumani byudjetining 2026-yilgi daromadlari 137 542,6 mln.soʻm va xarajatlari esa 137 542,6 mln soʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek Toʻrtkoʻl tumani byudjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan byudjet mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 828,0 mln soʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman byudjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda tuman byudjetidan 2026-yilda hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq, shuningdek Toʻrtkoʻl tumani mahalliy byudjetiga umumdavlat soliqlari va boshqa soliqsiz tushumlardan ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman byudjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 2 509,6 mln soʻm miqdorida 4-ilovaga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib boʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toʻrtkoʻl tumani mahalliy byudjetining 2025-yil uchun yoʻl qoʻyiladigan eng kam mablagʻlar miqdori 5-ilovaga muvofiq, Toʻrtkoʻl tumani mahalliy byudjetining 2026-yilgi daromadlari va xarajatlari mablagʻlarining miqdori 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tumandagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha eng kam miqdori 1 gektar uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi kiritilishi toʻgʻrisidagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlari 7-ilovaga muvofiq hamda tumandagi jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligi yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan tashqari) eng kam miqdori 1 kv.metr uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi kiritilishi toʻgʻrisidagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlari 8-ilovaga, belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari mutloq miqdorda bir kub metr uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlari 9-ilovaga, 2026-yilda qazib olingan 1m3 noruda qurilish materiallari (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari) uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalariga kiritilayotgan oshiruvchi koeffitsientlar 10-ilovaga, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak boʻlgan bino va inshootlarning 1 kv. metri uchun Absolyut (qatʼiy) miqdorda belgilangan minimal bahosiga solishtirganda kiritilayotgan kamaytiruvchi koeffitsent miqdori 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Z. Ismailov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (I. Baqqayev), tuman Soliq inspektsiyasi (J. Annayev) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan byudjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byudjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi tizimda byudjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari (M. Bekchanova)ga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Madraymov) hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Z. Ismailov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XUDAYBERGENOV ILXOMBOY TILAVBAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-19-157-13-190-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.