23.01.2026 yildagi VII-12-5-8-118-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzun tumanidagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)larni nomlash va qayta nomlash boʻyicha taklif etilgan geografik obyekt nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2025-yil 24-yanvardagi 14-son bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 18-avgustdagi 13-01/196-sonli yigʻilish bayoni, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 20-avgustdagi yigʻilish bayoni hamda 21-avgustdagi 07-18/7475-sonli xati asosida Respublika Kadastr agentligining 2025-yil 18-sentabrdagi 05-19-16090-sonli ekspertiza xulosalarini koʻrib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6-, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uzun tumani hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi I.Nazarovning Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tumandagi ayrim Geografik obyektlarni nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi doimiy komissiyaga bergan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman komissiyasining 2025-yil 18-avgustdagi 13-01/196-sonli yigʻilish bayoni, viloyat komissiyasining 2025-yil 21-avgustdagi 07-18/7475-sonli murojaatnomasi asosida Respublika Kadastr agentligining 2025-yil 18-sentabrdagi 05-19-16090-sonli ekspertiza xulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uzun tumanidagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarida koʻchalarni nomlash yuzasidan berilgan takliflar ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining oʻrinbosari N. Xodjageldiyev va Oʻzbekiston Mahalla uyushmasi Uzun tuman boʻlimi boshligʻi (T. Koʻcharov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi berilgan nom va qayta nomlangan koʻchalarini toʻliq shakllanishi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarga koʻcha nomlari bilan nomlangan mahalla fuqarolar yigʻinlarida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Mahalla uyushmasi Uzun tuman boʻlimi boshligʻi (T. Koʻcharov), Davlat kadastr palatasining Surxondaryo viloyati Uzun tumani filiali (lavozimiga koʻra), Uzun tuman IIB (Oʻ. Mustafoqulov), Uzun tumani soliq inspeksiyasi (A. Xushvaqtov) mazkur qarorga asosan hujjatlarga oʻrnatilgan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Bobotogʻ tongi” gazetasi tahririyati (I. Bobokolonov)ga mazkur qarorni rasmiy eʼlon qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2024-yil 17-avgust 2024-yil 17-avgustdagi “Uzun tumandagi mavjud takroriy nomdagi koʻcha nomlarini qayta nomlash va tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VI-72-105-8-118-K/24-sonli qarori uz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur sessiya qarori ijrosini nazorat qilishni Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror qabul qilinib, rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi SAFAROVA DILOROM SHAYDILOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Uzun tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-5-8-118-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.