SURXONDARYO VILOYATI DENOV TUMANI HOKIMINING
QARORI
Denov tumanidagi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 27, 47-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomning 39, 41-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning” maʼmuriy reglamentining 3, 4, 8-bandlariga asosan, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, qaror qilaman:
1. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 23-dekabrdagi 01-1010-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarini shaharcha, qishloq va mahalla fuqaro yigʻinlaridagi hudud va mikrohududlarga biriktirish haqidagi roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosari (F. Rasulov), tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (U. Xojiyev) va tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlarining zimmalariga:
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga 7 yoshga toʻladigan yilda toʻliq qamrab olish;
oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan doimiy monitoring olib borish;
monitoring natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
4. Belgilansinki, tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalar rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Denov tumani boʻlimi boshligʻi (I. Irkabayev) va mahalla fuqarolar yigʻini raislariga:
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qamrab olish jarayonida tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qaror tumandagi ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Tuman hokimining 2025-yil 13-yanvardagi 18-8-111-Q/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari (F. Rasulov) va tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri (U. Xojiyev) zimmalariga yuklatilsin.
Tuman hokimi A. NORMAMATOV
Surxondaryo viloyati, Denov tumani,
2026-yil 28-yanvar,
54-8-111-Q/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.