XALQ DEPUTATLARI ZARAFSHON SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining “Zarafshon shahrining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 29-dekabrdagi VII-19-211-5-78-K/25-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Shoxmirzayevning 2026-yil 6-yanvardagi 01-12-408/20-01-38/20-son xatini inobatga olib,“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24- moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A.Shoxmirzayevning 2026-yil 6-yanvardagi 01-12-408/20-01-38/20-son xati inobatga olinsin.
2. Xalq deputatlari shahar Kengashining “Zarafshon shahrining 2026-yildagi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 29-dekabrdagi VII-19-211-5-78-K/25-son qarorining:
1-ilovasi 1-ilovadagi tahrirda
2-ilovasi 2-ilovadagi tahrirda bayon etilsin.
3. Qarorning qolgan ilovalari oʻzgarishsiz qoldirilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi A. Shoxmirzayev hamda xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi R.Nurnazarov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi ERNAFASOV HUSNIDDIN BOLTAYEVICH
Navoiy viloyati, Zarafshon shahri,
2026-yil 31-yanvar,
VII-21-9-5-78-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.