Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
ShNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-yanvarda hisobga olindi, hisob raqami 383]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining (hisob raqami 261, 2024-yil 24-iyun) 474-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toshkent shahri hududida qurilishi rejalashtirilayotgan balandligi yer yuzasidan 12 m va undan yuqori yoki umumiy maydoni 500 m2 va undan katta boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar, shuningdek umumiy hajmi 300 m3 va undan ortiq boʻlgan noturar joy binolari (sanoat obyektlari bundan mustasno) loyihalashtirilayotganda bino umumiy maydonining har 100 kvadrat metriga kamida bitta daraxt va ikkita buta koʻchatlari ekilishi lozim.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-yanvar,
01/2-3-son
Kelishildi:
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A. ABDUXAKIMOV
2025-yil 26-dekabr